Shaxmat. Fahriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

Joriy yilning 4-12 oktyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida shaxmat bo'yicha “Faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati” start oldi. Ushbu chempionat O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil qilinmoqda.
Mazkur chempionat Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida o'tkaziladi. “Faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati”da respublikamizning barcha hududidan 48 ishtirokchi qatnashishmoqda.
O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, kalendar reja bo'yicha ushbu musobaqa yoz oyida o'tkazilishi kerak edi, ammo ko'pgina fahriy shaxmatchilarning iltimosiga binoan turnir salqin mavsum ya'ni kuz oyiga ko'chirildi.

Musobaqada elektron soatlardan foydalanilmoqda. 9 turdan iborat bu bahs, 12 oktyabr kuni o'z nihoyasiga etadi. Sovrinli 3 o'rindan tashqari yana 10 ga yaqin shaxmatchi mukofotlanishi rejalashtirlgan.

Bosh sahifaga
389