Messi «Inter»ga qarshi o'yin tanaffusida «Barselona» futbolchilarini ruhlantirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 482

"Barselona" sardori Lionel Messi Evropa chempionlar ligasining 2-turi doirasida bo'lib o'tgan "Inter"ga qarshi o'yinning tanaffusida jamoadoshlarini ruhlantirdi.
Kataloniyaliklar kechagi o'yinning birinchi bo'limidan keyin 0:1 hisobida ortda qolishayotgan edi. Argentinalik o'yinchi jamoadoshlariga quyidagicha murojaat qilgan:
"Yigitlar, keling, o'zimizni yo'qotib qo'ymaymiz. Maydonga chiqamiz va raqibga yanada ko'proq bosim o'tkazamiz. Hammasi joyida".
"Ko'k-anorranglilar" ikkinchi bo'limda Luis Suares tomonidan kiritilgan ikkita gol evaziga g'alabani ilib ketishdi.
Dastlabki ikki turdan keyin "Barselona" 4 ochko to'plagan holda "F" guruhida Dortmundning "Borussiya" klubi bilan birga peshqadam bo'lib turibdi.

Bosh sahifaga
287