O'zbekistonlik shaxmatchilar yana jaxon chempionatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 486

Joriy yilning 1-13 oktyabr kunlari Hindistonning Mumbai shahrida 14,16 va 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Jahon chempionati start oldi. Musobaqalar besh yulduzli mehmonxonalar Renaissance Hotel va Convention Centre Mumbai mehmonxonalarida bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston Shaxmat federatsiyasining xabariga ko'ra, 14 yoshgacha bo'lgan kategoriyada Madaminov Muhiddin va ayollar o'rtasida FIDE toifasidagi sport ustasi Omonova Umida, 16 yoshgacha bo'lganlar kategoriyasida Sulaymonov Elbek hamda 18 yoshlilari kategoriyasida Namozova Xolida O'zbekiston sharafini himoya qilishmoqda.
Jahon chempionati ishtirokchilar O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi ko'magida yuborildi.
Chempionat g'olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Musobaqada o'yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalanildi.
Jahon chempionatida qatnashayotgan shaxmatchilarimizga zafarlar tilab qolamiz.

Bosh sahifaga
186