Ertaga Moskvada Premer-liga musobaqasi boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

Ertaga Rossiyaning Moskva shahrida karate bo'yicha Premer-liga toifasiga kiruvchi yirik turnir start oladi. 6 oktyabrga qadar davom etadigan ushbu musobaqada sayyoramizning eng kuchli karatechilari Tokio Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradilar.
Kecha vakillarimiz Moskva shahriga etib borishdi. Bugun musobaqaning qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan. Murabbiylar shtabi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi 6 nafar sportchini jalb etishgan:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Doston Otabolaev
-50 kg: Bahriniso Babaeva
-55 kg: Sevinch Rahimova
-61 kg: Barno Mirzaeva
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190