Korrea «Latsio» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 591

"Latsio" yarim himoyachisi Xoakin Korrea yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.
Sky Sport Italia xabariga ko'ra, 25 yoshli yarim himoyachi Rim klubi bilan shartnomani 2024 yil yozigacha uzaytiradi.
Yangi kelishuv shartlariga ko'ra, Korrea bir mavsumda bonuslar bilan bir qatorda 2 million evro maosh oladi.
O'tgan yozda "Milan" argentinalik futbolchini 40 million evroga sotib olmoqchi edi, ammo "Latsio" prezidenti Klaudio Lotito futbolchining narxni 60 million evroga ko'targan edi.
A Seriyaning joriy mavsumida Korrea "Latsio" tarkibida 6 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208