Bangalordan xushxabar davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

Hindistonning Bangalor shahrida suv sporti turlari bo'yicha turli yosh toifadagi guruhlar o'rtasida o'ninchi Osiyo chempionati davom etadi. Ortda qolgan navbatdagi kun bellashuvlaridan so'ng terma jamoamiz vakillari o'z hisobiga yana bir qator medallarni yozib qo'yishdi.
Yigitlarimiz Botir Hasanov hamda Marsel Zaynetdinov 10 metrli platformadan suvga sakrash yo'nalishida kumush medal bilan taqdirlandilar. Shuningdek, sinxron suzish yo'nalish bo'yicha yakkalik dasturida Ziyoda Toshxo'jaeva kumush, Kseniya Prokofeva bronza medaliga ega chiqqan bo'lsa, duet dasturida ham yoshlar, ham kattalar o'rtasida chiqish qilgan qizlarimiz shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233