Isroil Madrimovni kutib ol, «Medison skver garden»!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 882

Professional boksda yorqin janglari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lib kelayotgan vakilimiz Isroil Madrimov 5 oktyabr kuni o'tkaziladigan o'zining navbatdagi janggiga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.
Hamyurtimiz o'zining prof boksdagi uchinchi bahsini meksikalik Alexandro Barreraga qarshi o'tkazadi. Barrera shu paytgacha 34 bor ringga ko'tarilgan bo'lib, 29 jangda g'alaba qozongan va 5 bor mag'lubiyat alamini ta'tib ko'rdi. Ayni paytga kelib Madrimov Nyu-Yorkda tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda. E'tiborlisi, kecha bokschimiz Nyu-Yorkdagi markaziy ko'chalarning birida ochiq mashg'ulot o'tkazdi. Uni tomosha qilish uchun shaharda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz va ko'p sonli boks muxlislari tashrif buyurishdi.
Bo'lajak jang mashhur “Medison skver garden” arenasida o'tkaziladi. Unda markaziy bahs qozog'istonlik Gennadiy Golovkin va ukrainalik Seregiy Derevyanenko o'rtasida kechsa, mutaxassislar hamyurtimiz ishtirokidagi jangni ahamiyati jihatidan undan keyingi pog'onaga qo'yishmoqda. Bo'lajak to'qnashuv Toshkent vaqti bilan taxminan tonggi soat 06:00dan keyin boshlanadi. Albatta, bunda avvalgi qarama-qarshiliklarning qanchalik erta yakunlanishiga ham ko'p jihat bog'liq. Boks ixlosmandlari Madrimov-Barrero o'rtasidagi jangni “Sport” telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri tomosha qilishlari mumkin.




Bosh sahifaga
227