Allegri ingliz tilini o'rganmoqda. U «MYu»ni boshqarmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 524

«Yuventus» klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.
Italiyalik mutaxassis Angliya premer-ligasida ishlashni istamoqda. «MYu» Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarsa, Allegri "Yunayted"ni boshqarishni ko'zlamoqda. O'z navbatida mankunianliklar ham jamoani keyinchalik boshqarishi mumkin bo'lgan 2-3 nafar murabbiy ro'yxatiga 52 yoshli mutaxassisni kiritishgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, Allegri hozirda ingliz tilini o'rganmoqda. U kecha oqshom bo'lib o'tgan «Tottenxem» – «Bavariya» (2:7) o'yiniga tashrif buyurdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237