Grizmann: «Messi bilan suhbatlashish oson emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 616

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann Evropa chempionlar ligasining 2-turi doirasida bo'ladigan «Inter»ga qarshi o'yin oldidan Lionel Messi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Messi men kabi ko'p gapiradigan insonlar toifasiga kirmaydi. Shu bois, o'zaro suhbatlashishimiz oson emas. O'rtamizda normal munosabat bor. Biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Aloqalarimizni mustahkamlashimiz kerak. Shunda bu holat o'yinimizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'ylashimcha, biz bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz kerak», – dedi Grizmann.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235