Alves futbol tarixidagi eng yaxshi jamoa nomini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 548

Braziliyaning «San-Paulu» klubi himoyachisi Dani Alves "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pepe Gvardiola haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Gvardiola geniy hisoblanadi. U ham o'yinchi, ham murabbiy sifatida bizga futbol sovg'a qildi. Pep har qanday futbolchidan maksimal foyda chiqara oladi. U hayotimda muhim rol o'ynaydi. U daho va nodir inson. Pep bilan ishlagan futbolchi butunlay o'zgaradi. Uning qo'lostida sen har kuni nimanidir o'rganasan.
Uning "Barselona"si mukammal jamoa edi. Men futbol tarixidagi eng yaxshi jamoaning bir qismi bo'lgandim. Men sakkiz yil ichida 23ta sovrinni qo'lga kiritdim. Bu tarixiy voqea edi", - dedi Alves.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233