Superliga. «Lokomotiv» 2-o'rinni boy berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324

Samvel Babayan boshchiligidagi "Lokomotiv" ketma-ket to'rtinchi o'yinda durang natija qayd etmoqda. "Temiryo'lchilar" ketma-ket to'rtinchi o'yinda 1:1 hisobini qayd etmoqda.
Toshkentliklar bu safar musobaqa autsayderi — "Qizilqum" maydoniga safar uyushtirdi. Uchrashuvning 63-daqiqasida navoiyliklar foydasiga penalti belgilandi. Lasha Totadze 11 metrli jarima zarbasidan foydalanib, hisobni ochdi.
O'yinning so'nggi daqiqasida Islom To'xtaxo'jaev mehmonlarning hujumini samarali yakunlab, hisobni tenglashtirdi.
Mazkur durangdan keyin "Qizilqum" 19 ochko bilan hamon xavfli hududda qolmoqda. "Lokomotiv" esa 38 ochko bilan 2-o'rindagi "Bunyodkor" bilan 3 ochkolik farqni saqlab qoldi.
Superliga, 21-tur
"QIZILQUM" - "LOKOMOTIV" - 1:1 (0:0)
Gollar: Lasha Totadze (63-pen) — Islom To'xtaxo'jaev (90)
Ogohlantirishlar: Azizbek Usmonov (37), Mate Vatsadze — Oston O'runov (35), Oleg Zoteev (47)
“Qizilqum”: 1. Evgeniy Cheremisin, 10. Alisher Sanoev, 13. Lasha Totadze, 15. Lustitsa Stiven (Sunnatilla Abdullajonov 75), 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Sherali Jo'raev (s), 25. Azizbek Usmonov, 77. Ruslan Margiev, 86. Vohid Shodiev, 88. Mate Vatsadze, 89. Doston Ibragimov (Sardor Jahonov 88).
“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Anzur Ismailov, 6. Oston O'runov (Ibrohim G'anixonov 73), 8. Jamshid Iskanderov, 10. Sardor Mirzaev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Smit Medina (Diyorjon Turopov 64), 23. Yovan Dokich, 24. Davronbek Hoshimov, 33. Oleg Zoteev, 71. Arslanmurat Amanov (Sherzod Karimov 77).

Bosh sahifaga
236