O'FA texnik direktori FIFA seminarida ishtirok etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

Ayni paytda Singapurda FIFAga a'zo futbol assotsiatsiyalari texnik direktorlari uchun seminar bo'lib o'tmoqda.
30 sentyabr sanasidan e'tiboran boshlangan bu galgi seminar 5 oktyabr kuniga qadar davom etishi ko'zda tutilgan. Unda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi texnik direktori Shovkat Imamov ham ishtirok etmoqda.
Seminar davomida a'zo futbol assotsiatsiyalari ish faoliyatini tashkil etishda e'tibor qaratiladigan muhim jihatlar bo'yicha ma'ruzalar olib boriladi. Qolaversa, texnik direktorlar uchun ushbu sohadagi so'nggi yangilik va zamonaviy bilimlar bo'yicha zarur ko'nikmalar taqdim etiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232