«Yuventus» 2005/06 mavsumdagi chempionlikni qaytarish uchun yana harakatni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 585

«Yuventus» rahbariyati 2006 yilda jamoadan olib qo'yilgan A seriya chempionligi borasida yangi apellyatsiya berdi.
2005/06 yilgi mavsumda turinliklar chempionlikni qo'lga kiritishgan edi. May oyida esa politsiya beshta jamoa ishtirokida o'yinlar sotib olinganini isbotlagan edi. Ularning orasida "keksa sinora" ham bor edi.
Italiya futbol federatsiyasi o'shanda «Yuventus»ni chempionlikdan mahrum qilib, jamoani S seriyaga ravona qilgan edi (keyinchalik jamoa V seriyaga o'tkazilgan). Chempionlik esa mavsumni 2-pog'onada yakunlagan «Inter»ga taqdim etilgan edi.
«Yuventus» shu paytgacha bir necha marotaba chechmpionlikni qaytarib olishga harakat qildi, ammo har safar rad javobini oldi.
Turinliklar bir mavsumda A seriyaga qaytib, 2012 yildan boshlab ketma-ket 8 marotaba Italiya chempionligini qo'lga kiritishdi.

Bosh sahifaga
354