Sulsher: «Bizga hujumchi kerakligini tushunish uchun olim bo'lish shart emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher qishki transfer oynasida hujumchi olib kelishini ta'kidladi.
“Bizning safimizni Aleksis Sanches va Romelu Lukaku tark etdi. Bizga hujumchi kerakligini tushunish uchun olim bo'lish shart emas. Bizga vaziyatlarni yakunlay oladigan futbolchi etishmayapti. Romelu ketishni xohladi.
Jamoada qolishni xohlamagan futbolchini ushlab turishdan nima naf? Ishoning, agar biz aniq ishongan nomzod bo'lganda, yozda bu transfer amalga oshgan bo'lardi”, deydi Sulsher.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276