Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasi delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281

26-30 sentyabr kunlari Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasining ijrochi direktori Moxammed Tayab Ikram boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad O'zbekistonda chim ustida xokkey sport turini rivojlantirish masalalarini ko'rib chiqishdir.
Tashrif chog'ida Tayab Ikram bir qator uchrashuvlar o'tkazdi. Jumladan, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov bilan uchrashuv chog'ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatda chim ustida xokkey maydonlarini barpo etish va bir qator masalalar yuzasidan suhbat bo'lib o'tdi.
27-28 sentyabr kunlari O'zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Bahodir Ahmedov boshchiligida Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasining delegatsiyasi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Delegatsiya u erda barpo etilyotgan sun'iy qoplamali maydon qurilishi ishlari bilan tanishdi.
29 sentyabr kuni poytaxtimizdagi Olimpiya shon shuxrati muzeyida O'zbekiston va Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasi vakillari bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda Tayab Ikram so'zga chiqib, samimiy qabul uchun minnatdorchiligini bildirib o'tdi va Bahodir Ahmedovni Markaziy Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasining direktori etib tayinlanganligi ma'lum qildi. Bu esa o'z navbatida mamlakatimizda mazkur sport turini rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.
Uchrashuv so'ngida Osiyo va O'zbekiston chim ustida xokkey federatsiyalari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga muvofiq, Osiyo chim ustida xokkey federatsiyasi yurtimizda ko'plab sport maydonlarini barpo etish, chim ustida xokkey sport turnini yanada rivojlantirish doirasida izchil hamkorlik yo'lga qo'yiladi.

Bosh sahifaga
321