“Markaziy Osiyo shaxmat festivali” yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 391

Joriy yilning 20-29 sentyabr kunlari Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida “MARKAZIY OSIYo ShAXMAT FESTIVALI” bo'lib o'tdi. Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va O'zbekiston Respublikasi hukumati ko'magida tashkil qilinib, O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi tomonidan tashkil qilinmdi.
“MARKAZIY OSIYo ShAXMAT FESTIVALI” doirasida 3 turnir bo'lib o'tdi. Asosiy musobaqa bu 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Bundan tashqari, rapid(tezkor shaxmat) bo'yicha uch guruhda va maktab o'quvchilari o'rtasida musobaqa hamda FIDE arbitlari uchun xalqaro seminar bo'lib o'tdi.
Federatsiyalarni rivojlantirish dasturi bo'yicha, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federatsiyalariga o'z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etiladi.
Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Qozog'iston, Afg'oniston va O'zbekistondan umumiy 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishdi.
O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, mukofot jamg'armasi 12.000 evro bo'lgan festivalda, standart yo'nalishida g'olib bo'lgan o'g'il bolalarga 3000 evro, qiz bolalarga esa 1500 evro pul mukofoti berildi.
Qizlar o'rtasidagi g'oliblar:
1. Yakubbaeva Nilufar (O'zbekiston) 1500 evro
2. Balabaeva Xeniya (Qozog'iston) 700 evro
3. Saparova Sitora (O'zbekiston) 500 evro
4. Salimova Asal (O'zbekiston) 400 evro
5. Abdusattorova Bahora (O'zbekiston) 200 evro
6. Omonova Umida (O'zbekiston) 100 evro
O'g'il bolalar o'rtasidagi g'oliblar:
1. Abdusattorov Nodirbek (O'zbekiston) 3000 evro
2. Yakubbaev Nodirbek (O'zbekiston) 2000 evro
3. Saydaliev Saidakbar (O'zbekiston) 800 evro
4. Vohidov Shamsiddin (O'zbekiston) 700 evro
5. Sindarov Javoxir (O'zbekiston) 600 evro
6. Atabaev Saparmurod (Turkmaniston) 500 evro
7. Agmanov Jandos (Qozoqiston) 400 evro
8. Nurmamedov Azat (Turkmaniston) 300 evro
9. Kasimov Ali (O'zbekiston) 200 evro
10. Isomov Umar (O'zbekiston) 100 evro
Ushbu turnir FIDE, O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi bilan RosAtom hamkorligidigai ilk turnir.

Bosh sahifaga
431