Kononov «Spartak» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398

«Spartak» klubi bosh murabbiyi Oleg Kononov Rossiya premer-ligasining 11-turi doirasida bo'lib o'tgan «Orenburg»ga qarshi o'yindan (1:2) keyin o'z lavozimini tark etdi.
«Spartak-Moskva» futbol klubi rahbariyati Oleg Kononovning iste'fosini qabul qildi. Murabbiy jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli «Orenburg»ga qarshi o'yindan keyin iste'foga chiqishini ma'lum qilgan edi. «Krasnodar»ga qarshi navbatdagi uchrashuvga "qizil-oqlar"ni bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Sergey Kuznetsov tayyorlaydi», – deya bayonot berdi "Spartak" rasmiy sayti.
«Spartak» Rossiya chempionatining 11-turidan keyin 9-pog'onani egallab turibdi. Jamoa Evropa ligasi guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378