So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Shahboz Jumaboev: «Cobalt»ni olib o'zimdan yulduz yasab olmadim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11812

Avvalroq, stadion.uz saytimiz orqali “Andijon” klubining o'tgan mavsumdagi goledori Shahboz Jumaboev jamoaning 20-dekabr kungi yig'iniga kelmaganligi, qo'li og'riyotganini bahona qilib mini futbol o'ynab yurgani haqida maqola chiqqan edi. Bu kabi xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida futbolchining o'zi bilan bog'landik.
“Avvalambor, Assalom alaykum. Men haqimda hozirda ko'plab mish-mishlar yuribdi. Bularga ishonmaslikka chaqiraman.
Xabaringiz bor, kubok bahsi “Bunyodkor”ga qarshi o'yindan 2 kun avval qo'lim singan edi. Qo'limni gips qilishmadi va qo'limni bog'lab bitta qo'lda harakat qilib yurdim. Keyin birdaniga sovuq tushib ketgach qo'l poyi og'rishni boshladi. Yig'indan bir hafta oldin jamoa shifokori bilan uchrashib qo'limni ko'rsatdim. Rentgen natijalariga ko'ra, qo'limni davolatish kerakligini aytdi.
So'ngra, 20-dekabr kuni shifokor, men va klub vitse prezidenti Ma'ruf aka bilan birga Viktor Jalilov oldiga kirdik va gaplashdik. Jalilov 3 yanvar kuni navbatdagi yig'inga sog'lom bo'lib chiqishimni aytdi.
To'g'ri, mini futbol o'ynaganim rost. Faqat doimiy mini futbol o'ynamayman. Yig'in paytida emas, dam olish vaqtida do'stlarim bilan chigal yozdiga, jismoniy holatimni ushlash uchun o'ynadim. Shu o'yinda qaysidir meni yomon ko'rgan muxlis rasmga olib tarqatgan. To'g'risi muxlislarga tushunmayapman.
Bilasiz, 2 yildan buyon “Andijon”da o'ynayapman. Xudoga shukr bu yil birinchi o'rinni olib Superligaga chiqdik. Bu osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Bu nafaqat futbolchilarning balki, butun Andijon xalqining g'alabasi.
“SOBALT”ni olib o'zidan yulduz yasab olibdi degan gapga kelsak, men unaqa bolamasman. Unaqa gap so'zlarga e'tibor bermayman. Bosh murabbiylar bilan oramizdagi munosabatlar yaxshi. Agar muxlislar o'ylagan ishni qilganimda meni haydashgan bo'lardi.
Shuningdek, meni yomon ko'rgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Balki ular ham meni yaxshi bo'lsin deb so'kishyotgandir. Keyingi mavsumda ham “Andijon” sharafini munosib himoya qilamiz. Barcha takliflarni rad qildim, kuchim etguncha “Andijon” bilanman. Hozirda mening hayolim faqat 3 yanvarda bo'ladigan yig'inga sog' salomat borish. Muxlislarni yaxshi ko'raman ular bor, biz bor”, - deydi Shahboz Jumaboev.