Taekvondochilarimiz Rossiya ochiq chempionatini to'rtta oltin medal bilan boshlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300

Rossiya poytaxtida taekvondo bo'yicha navbatdagi xalqaro musobaqa start oldi. G1 toifasiga kiruvchi Rossiya ochiq chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi vakillari musobaqaning ilk kunida 4 ta oltin medallarni qo'lga kiritishdi.
Yigitlardan Jasur Jaysunov (-68 kg) muvaffaqiyat qozongan bo'lsa, qizlarimizdan Feruza Sodiqova (-62 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. Ta'kidlash joiz, ushbu musobaqa kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun litsenzion ochko beradigan turnir va hamyurtlarimiz o'z hisoblariga 10 reyting ochkolarini yozdirib qo'yishmoqda. Bugun bo'lib o'tadigan bahslarda 8 nafar vakilimiz dayanga chiqadi.

Bosh sahifaga
200