Gvardiola: «Har mavsum «Everton»ga qarshi o'ynash qiyin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 388

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Everton” (3:1) ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berib o'tdi.
“Raqibning hujumchilari ajoyib, tajribali yarim himoyachilari va yaxshi murabbiyi bor. Shuning uchun, o'yin qiyin bo'lishini bilgandik. Har mavsum “Everton”ga qarshi o'ynash qiyin.
Biz to'pni yaxshi nazorat qildik. Raqibda imkoniyatlar bor edi, ammo biz ko'proq vaziyatlar yaratdik. Bizda 25-35 daqiqa muammolar bo'ldi. G'alaba qozonish oson bo'lmadi”, -deydi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208