Frantsiya chempionati. Neymarning goli «PSJ»ga g'alaba keltirdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 714

Frantsiya chempionatining 8-turi doirasida "Pari Sen-Jermen" klubi "Bordo" maydoniga safar uyushtirdi.
Parijliklar o'yin davomida to'la ustunlikka erishishdi. Yagona gol uchrashuvning 70-daqiqasida urildi. Mbappe o'ng tomondan oldinga o'tdi va darvoza maydoni tomon uzatma berdi. Neymar esa darvozaning bo'sh qolgan qismiga to'pni joylab qo'ydi.
Ushbu g'alabadan keyin "PSJ" o'z ochkolarini 18taga etkazib, jadvalda peshqadamlik qilmoqda.
Frantsiya chempionati, 8-tur
Bordo – PSJ 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 70 Neymar.
Bordo – Kostil, Mesher, Koselni, Pablo (Benito, 77), Kvateng, Otavio, Tchuameni, Kalu, Xvan Iy Chjo, Adli (de Previl, 56), Brian (Ait-Bennasser, 68).
PSJ – Navas, Mene, Tiago Silva, Diallo, Kurzava, Guye, Markinos, Verratti, Sarabiya (Mbappe, 60), Neymar, Di Mariya (Bernat, 88).
Ogohlantirishlar: Markinos (30), Di Mariya (72), Verratti (90).

Bosh sahifaga
201