Mahmud Muradov UFCdagi ilk jangida qay tarzda g'alaba qozondi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1772

Aralash jang san'ati (MMA) bo'yicha o'rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan Mahmud Muradovning (23-6, 14 KO) UFCdagi ilk jangini g'alaba bilan boshladi.
Mahmud Muradov Daniya poytaxti Kopenhagenda bo'lib o'tayotgan UFC Fight Night 160 turnirida italiyalik Alessio di Kirikoga (12-4, 9 KO) qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raund davom etgan bahsda dastlabki ikki raundda Mahmud ustunlik qildi va ko'proq zarbalar berdi. Uchinchi raundda esa u jismonan toliqib qoldi va italiyalik jangchi ko'proq zarba berdi. Ammo yakunda hakamlarning xulosasiga ko'ra, Muradov g'alaba qozondi. Barcha hakam bir ovozdan 29:28 hisobida Muradovning g'alabasini e'tirof etishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239