Klopp dunyoning eng kuchli futbolchisi kim ekanini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1075

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'zining ajoyib intervyulari bilan qolgan murabbiylardan ajralib turadi. Germaniyalik mutaxassis o'z intervyularida ko'pincha futbolchilar va ularning imkoniyatlari haqida to'lqinlanib so'zlashni yoqtiradi. Bugun Klopp tomonidan maqtovga sazovor bo'lgan futbolchilar va ular haqida “Liverpul” ustozi tomonidan berilgan intervyularni taqdim etamiz.
Eden Azar

Eden uchun kun omadli boshlansa va uning sport foramsi yaxshi bo'lsa, o'sha kungi uchrashuvda u dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. U "Chelsi"da ajoyib faoliyat olib bormoqda va uning faoliyati hali o'z poyoniga etganicha yo'q. Eden futbolchilarda bo'lishi shart deb hisoblaydigan hislatlarimning barchasini o'zida jamlagan. Uni faqat to'psiz qoldiribgina chetga surib tashlash mumkin. Aks xolda, u istalgan jamoa uchun bosh og'riqqa aylanadi.
“Intervyu” Azar “Real Madrid”ga o'tishidan avval berilgan
Muhammad Salah

Agar siz Muhammad Salahni dunyodagi eng kuchli futbolchi ekanligi haqida yozmoqchi bo'lsangiz, buni amalga oshiring. Salah eng kuchlisi ekanligini isbotlash uchun mening so'zlarim shart emas. Darhaqiqat, Mo top darajadagi futbolchi. Mening fikrimcha u shunday tempda uzoq muddat to'p surishi lozim. Ana shundagina u o'zining eng kuchli ekanligini barchaga isbotlab qo'yishi mumkin.
Ronaldu

Salah qanchalar kuchli bo'lmasin, Ronaldu uning darajasida 15 yildan beri to'p surib kelmoqda. U hal qiluvchi pallada kerakli joyda bo'lishni uddalay oladigan futbolchi. Bu futbolchidan talab qilinadigan eng qiyin va eng muhim jihat sanaladi.
Lionel Messi

Menga “Ronaldu yoki Messi?” qabilidagi savollarni juda ko'p berishadi. To'g'risi, smartfonimda Messi bilan tushgan surat bor. Men Messi bilan suratga tushayotganimda xonada Ronaldu ham bor edi. Bu Messi Ronaldudan yaxshiroq futbol o'ynaydi degani emas. Ular maydonda teng kuchga ega va ularning jamoasi uchun keltiradigan unumi ham bir xil darajada.
Pele

Dadam doim: “Siz qaysi futbolchini kuchli ekanligini isbotlashga urunsangiz ham, qaysi futbolchi nimalarga qodir ekanligini ko'rgan bo'lsangiz ham futbol otasi Pele va u barcha zamonlarning eng kuchli futbolchisi bo'lib qolaveradi!”-der edilar.
Men Pele bilan 2006-yilda bo'lib o'tgan mundial chog'ida ilk bor ko'rishganman Yodimda, juda asabiylashgan edim. Uni ko'rgan zahotim otamning so'zlari naqadar to'g'ri ekanligni chuqur his etdim. Darhaqiqat, u eng zo'ri!

Bosh sahifaga
397