So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Breaking News! Aziz Turg'unboev «Paxtakor» futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11090

Yarim himoyachi Aziz Turg'unboev va "Paxtakor" o'rtasida ikki yillik shartnomaga imzo chekildi.
"Navbahor" safida oxirgi to'rt mavsumda asosiy tarkib o'yinchisiga aylanib, 72 bellashuvda 15 gol muallifi bo'lgan Turg'unboev kelasi ikki mavsum mobaynida jamoamiz sharafini himoya qiladi. 24 yoshli yarim himoyachi oxirgi ikki yilda "Navbahor" safida chiroyli o'yinlari bilan e'tiborga tushgandi. Shu tariqa Aziz Turg'unboev "Paxtakor"ning 2019 yilgi mavsum uchun birinchi kelishuviga aylandi.
Biz Turg'unboevning "Paxtakor"dagi faoliyati omadli va sovrinlarga boy bo'lishini tilab qolamiz. Unga 5 yanvar kuni start oladigan Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida muvaffaqiyat yor bo'lishiga tilakdoshmiz.