KONMEBOL Messining diskvalifikatsiyasini qisqartirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365

KONMEBOL apellyatsiya sudi Argentina futbol assotsiatsiyasining Lionel Messi diskvalifikatsiyasini qisqartirish haqdagi murojaatiga rad javobini berdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
KONMEBOL "Barselona" futbolchisini 3 oyga diskvalifikatsiya qilgan edi. Boisi, Lionel Amerika kubogi-2019 paytida hakamlar va tashkilotchilarni tanqid qilgan edi.
AFA diskvalifikatsiya muddatini 2 oyga qisqartirib, Messining oktyabr oyidagi o'yinlarda ishtirok etishini istagan edi.
Shu tariqa, futbolchi Germaniya va Ekvadorga qarshi o'yinlarda Argentina terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224