Lionel Messi: «Ansu Fatiga yordam berishga harakat qilaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 680

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoadoshi Ansu Fati haqida o'z fiklarini bildirib o'tdi.
«Menga Ansu Fatining o'yini yoqadi. Unga yordam berishga, uni qo'llab-quvvatlashga harakat qilaman. U — ajoyib o'yinchi. Muvaffaqiyatga erishish uchun unda barcha xislatlar bor. Bosqichma-bosqich uni tarkibga kiritib borish kerak, xuddi men «Barselona»dagi faoliyatimni boshlagan ilk yillarda bo'lgani kabi. Asta-sekin harakat qilish kerak, unga ko'p bosim qilish kerak emas», - dedi Messi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288