Pogba maoshining keskin oshirilishini istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 428

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba klub bilan yangi shartnoma imzolangan taqdirda, maoshining oshirilishini istamoqda. Frantsiyalik futbolchi bu istagini klub rahbariyatiga ma'lum qildi.
Tuttosport tarqatgan xabarga ko'ra, 34 million evro yillik maosh taklif qilsa, Pogba yangi shartnomaga imzo chekadi. Polning hozirgi shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan va uni yana bir yilga uzaytirish haqida band mavjud. Futbolchining hozirgi yillik maoshi taxminan 17 million evroga teng.
Pol Pogba ushbu mavsumda «MYu» safida 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337