Sport kurashlari assotsiatsiyasi MOQda hisobot topshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467

Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionati terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanganidan xabaringiz bor. Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida sport kurashlari assotsiatsiyasi bilan jahon chempionati yakuni va oldindani rejalarga bag'ishlangan hisobot bo'lib o'tdi. Uchrashuvni MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov olib bordi.
Hisobot Nur-Sultan shahridagi jahon chempionati orqali Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan sporchtilarimizni taqdirlash bilan boshlandi. Belgilab qo'yilganidek, litsenziya qo'lga kiritgan sporchtilarimiz 100 million, ularning murabbiylari esa 50 million so'm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Yig'ilishda assotsiatsiya Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliev Tokio Olimpiadasiga litsenziya qo'lga kiritgan kurashchilarimizni Olimpiadaga tayyorlash bo'yicha ishlab chiqilayotgan dastur bilan tanishtirib o'tdi. Shuningdek, dunyo birinchiligida yo'llanma ololmagan vakillarimizning kelasi yili Olimpiadaga litsenziya beradigan kvalifikatsion musobaqalarga puxta tayyorlash dasturi ham ko'rib chiqildi. O'z navbatida Rustam Shoabdurahmonov terma jamoamiz vakillari uchun tayyorgarlik jarayonida kamchilik va muammolar yuzaga kelgudek bo'lsa, Milliy olimpiya qo'mitasi doimo yordam berishga tayyor ekanini bildirib o'tdi.
Hisobot davomida terma jamoamiz vakillarining oldinda turgan yirik startlarga tayyogarligi atroflicha muhokama qilindi.

Bosh sahifaga
344