Emeri «Arsenal»ning yangi sardorini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350

Shveytsariyalik yarim himoyachi Granit Jaka rasman "Arsenal" sardoriga aylandi, deb xabar beradi BBC.
Futbolchilar bilan maslahatlashgandan so'ng, "to'pchilar" ustozi Unai Emeri jamoaga yangi sardorni taqdim etdi.
26 yoshli Jaka ushbu mavsumda o'tkazilgan sakkiz o'yinning oltictasida "Arsenal"ni sardorlik bog'ichi ostida maydonga olib chiqdi.
Jamoaning avvalgi sardori yozda "Bordo"ga ko'chib o'tgan Loran Koselni edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183