Messi yana bir oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427

"Barselona" sardori Lionel Messi yangi jarohat tufayli bir oy mobaynida maydon tashqarisida qolishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda chap oyog'ining son qismidagi mushagidan jarohat olgan edi. Manbaga ko'ra, ushbu jarohatni davolash uchun Messiga taxminan 1 oy kerak bo'ladi.
Shu tariqa, Lionel La liga doirasida "Xetafe", "Sevilya" va "Eybar", shuningdek, EChL doirasida "Inter" va "Slaviya"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Messi yangi mavsum avval jarohat olib, bir oy muddatda safga qaytgan edi. U "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151