«Barselona» jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

Ispaniya futbol federatsiyasi «Barselona»ni jazolashga qaror qildi. Kataloniyaliklar Antuan Grizmann bilan mart oyida muzokaralarni boshlagani uchun 300 evro miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Grizmann yozgi transfer paytida "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tdi. Kataloniyaliklar frantsiyalik futbolchi uchun shartnoma ko'rsatilgan 120 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashdi. Ammo madridliklar futbolchining tovon puli 200 million evro bo'lgan paytda "Barsa" Grizmann bilan dastlabki shartnomani imzolagan deb hisoblab, kataloniyaliklardan yana 80 million evro miqdorida pul undirishni ko'zlab, Ispaniya futbol federatsiyasiga shikoyat kiritgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151