Iguain: «Ronaldu ancha o'zgargan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 890

"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men u bilan "Real"da birga o'ynaganman. O'sha paytdan beri ko'p yillar o'tdi. U hozir butunlay boshqacha. Endi u oilali va ulg'aygan erkak. U bilan yana birga o'ynayotganimdan xursandman", - dedi Iguain.
Argentinalik futbolchi 2007-2013 yillarda "Qirollik klubi" safida o'ynagan. U 2016 yilda 90 million evro evaziga "Napoli"dan "Yuventus"ga ko'chib o'tgan.
Ronaldu esa 2009-2018 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan. U 2018 yilda 117 million evro evaziga "Yuventus"ga o'tgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217