Eng bo'yi past futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1382

Futbol uchrashuvi davomida futbolchilarga baland bo'y qo'l kelishi hech kimga sir emas. Shunday bo'lsada, ayrim fubolchilar juda kichik jussa bilan ham ushbu sport turi bilan muvaffaqiyatli shug'ulanib kelishmoqda. Bugun dunyodagi eng past bo'yli futbolchilar haqida so'z boradi.
Lorentso Insine

“Napoli” jamoasidagi o'yinlari orqali barchamizga yaxshi tanish bo'lgan futbolchi hujum chizig'ida to'p surgan bo'lsada, unga past bo'yi sira pand bermaydi. Asosan taktika va strategiyaga suyanadigan “A Seriya” jamoalariga qarshi baxslarda o'zining tezligi va chaqqonligi evaziga baland bo'yli hujumchilardan faolroq bo'ladigan qahramonimizning 163 sm bo'y egasi ekanligiga ishonish qiyin.
Santi Kasorla
Ispaniyalik futbolchi jarohatlari bo'lmaganida kuchli formada uzoq vaqt to'p surishi va ko'plab sovrinlarga ega chiqishi mumkin edi. Shunday bo'lsada, uning faoliyati chakki ko'rinish olgani yo'q. 165 sm bo'yga ega bo'lishiga qaramasdan Kasorla futbol olamida o'zidan iz qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Maksimiliano Morales

Argentinalik futbolchi o'z faoliyati davomida Argentina, Rossiya, Italiya, Meksika singari davlatlarning nomdor klublarida to'p surishga muvaffaq bo'lgan. Uning futbol maydondagi ishonchli o'yinlarini ko'rgan muxlislar Moralesning 160 sm bo'yga ega ekanligiga ishonmasa ham kerak. Qahramonimiz hozirda MLSda eng katta maosh oluvchi futbolchilardan biri sanaladi.
Diego Buonanotte

O'zining LA Liga Seriya”dagi o'yinlari bilan muxlisalarga tanish bo'lgan Diego «River Pleyt», «Malaga», «Granada» sinari jamoalarda to'p surishiga futbolchining 157 sm bo'yi sira halaqit bermaganiga qoyil qolmasdan ilojingiz yo'q. Futbolchining tezkorligi uning bo'yidagi kamchilikni to'liq yopib ketishini butun dunyoga ko'rsatib qo'ydi.
Martsin Garuch

Futbol tarixidagi eng bo'yi past futbolchi sifatida qayd etilgan Polshalik futbolchi OAV tomonidan kuzatib boriladi. Hozirda «Medz» klubida to'p suruvchi Garuch o'z klubida eng yuqori tezlik egasi sanalsada, yuqorida nomi zikr qilingan hamkasblari singari mashxurlikka erisha olmadi. Shunday bo'lsada, uning 154 sm bo'y bilan katta futbolda to'p surganing o'zi tahsinga sazovar/

Bosh sahifaga
215