Kaltsona: "Kvaratsxeliya - o'zgacha futbolchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67

Italiyada A Seriyaning yigirma sakkizinchi tur uchrashuvlari boshlandi. "Napoli" "Torino" bilan uchrashdi va o'yin durang bilan yakunlandi.
Italiyaning amaldagi chempioni uchun yagona gol Xvicha Kvaratsxeliya tomonidan kiritildi. "Napoli" bosh murabbiyi Franchesko Kaltsona gruziyalik futbolchi haqida gapirib berdi. -
"Kvaratsxeliya alohida o'yinchi. Men unga ko'proq erkinlik berdim va u o'zini yanada ishonchli his qildi. Men boshqa futbolchilardan ham mamnunman, Mario Rui ajoyib o'yin o'tkazdi va maydonda eng yaxshilardan biri bo'ldi”, — deya Kaltsonaning so'zlarini keltiradi Calcionapoli1926.it.
Navbatdagi turda “Napoli” joriy chempionat peshqadami “Inter”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282