Akbar Jo'raev jahon chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463

Tailandning Pattayya shahrida og'ir atletika bo'yicha navbatdagi jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda. Biroz avval -109 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Akbar Jo'raev jahon chempionatining sovrindoriga aylandi.
Jo'raev dast ko'tarish mashqini 188 kilogramm bilan oltinchi o'rinda yakunlagan bo'lsa ham o'zining sevimli siltab ko'tarish yo'nalishida ishonchli urinishlari bilan kumush medal sohibiga aylandi. 20 yoshli sportchimiz bu mashqda 229 kilogramm toshni ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Afsuski, bu natija umumiy natija bo'yicha sovrindorlar qatoridan joy olish uchun etarli bo'lmadi. Jo'raev umumiy hisobda 417 kilogramm bilan to'rtinchi pog'onani egalladi.
Og'ir atletika JCh, Tailand.
Erkaklar, -109 kg.:
1. Simon Martirasyan (Armaniston) – 429 kg (199 + 230)
2. Andrei Aramnau (Belarus) – 426 kg (198 + 228)
3. Je Yang (Xitoy) – 420 kg (197 + 223)
4. Akbar Jo'raev (O'zbekiston) – 417 kg (188 + 229)

Bosh sahifaga
163