20-asrning eng kuchli futbolchilari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1687

20-asrda futbol olamida ko'plab mega yulduzlar to'p surganidan xabaringiz bor. Ronaldu va Messisiz o'tgan yillar davomida bir nechta futbolchilar dunyodagi eng kuchlilar ro'yxatini boshqarib borishganni hech kimga sir emas. Xo'sh ular ichida kimlarni alohida qayd etishimiz mumkin? Bugun o'tgan asrning eng kuchli futbolchilari bilan tanishtirib o'tishga harakat qilamiz.
1-qism
Mishel Platini

Fransiya futboli tarixidagi eng kuchli futbolchi sifatida tarixda qolgan Platini ketma-ket 3 bor “oltin to'p” sovrinini qo'lga kiritibgina qolmay (1983,1984,1985,) o'z tehnikasi bilan futbolga o'zgacha zavq bag'ishlagan. Platini o'z faoliyati davomida 300 dan ortiq gol kiritgan va o'z to'p surgan barcha jamoalarning yetakchisi sifatida alohida qayd etilgan. Bundan tashqari, qahramonimiz 2007-yildan 2011-yilga qadar UEFA prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.
Alferedo Di Stefano

Argentina va Ispaniyalik futbolchi uzoq o'tmishda tengsiz futbolchi bo'libgina qolmay. “Real Madrid”ni dunyodagi birinchi raqamli jamoaga aylantirishda eng katta hizmat qilgan shaxs sanaladi. Uni chaqqonligi va to'purarligi uchun emas, kamtarin inson bo'lgani uchun o'zgacha yaxshi ko'rishar edi. O'z faoliyati davomida 500 ga yaqin gol kiritgan Di Stefano haqidagi hikoyalar og'izdan-og'izga o'tib shu kunlargacha yetib kelgani tahsinga sazovar.
Garrincha

1933-yilda juda kambag'al oilada tavvalud topgan Manuel Fransisko dos Santos kelajakda Garrincha nomi bilan mashxur bo'lishini hech kim tahmin ham qilmagan bo'lsa, ajab emas. Qiyin o'tgan bolalik sababli ortirib olgan kasalliklari bo'lmaganida, Garrincha hamma zamonlardagi eng kuchli futbolichi bo'lishi mumkin edi. O'z faoiyati davomida 250 ga yaqin gol kiritgan qahramonimizning dafn marosimi ham “Marakano” stadionida bo'lgan, va uning muxlislari qahramonimizni so'nggi yo'lga kuzatib qo'ygan edi. Ushbu ro'yxatdagi futbolchilardan farqli o'laroq, Garrincha mashxurlik va shoxona hayotsiz yashab o'tgan.
Frants Bekkenbauer
Germaniya futbolidagi eng kuchli himoyachi sifatida alohida e'tirof etiladigan himoyachi so'zsiz ushbu ro'yxatdan joy olishga haqli. Aynan uning erkin himoyachi sifatida (libero) to'p surishi tufayli futbol olamida yangi pozitsiya paydo bo'lgan edi. Frants deyalri butun faoliyatini “Bavariya” jamoasida o'tkazgan va shu klub ramziga aylanib ketgan desak, adashmagan bo'lamiz.
Diego Maradona

Futbol olamidagi ilk medi odamga aylangan, jurnalisltlar tomonidan haligacha kuzatib boralidagan chinakam super yulduz. Maradonna 1986-yilda Argentina terma jamaosini o'z yelkasida ko'tarib yurgancha g'oliblik sari yetaklagan va butun umrga futbol tarixidan joy olgan edi. U tomonidan Angiliya darvozasiga urilgan gol o'tgan asrning eng chiroyli goli sifatida qayd etilgani tahsinga sazovar. Agarda futbolchi narkotik moddalarga o'ralashib qolmaganida uning kariyerasi yanada salobatliroq ko'rinish olgan bo'lar edi.

Bosh sahifaga
279