Kasorla «Vilyarreal» uchun 300-uchrashuvini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389

La Liganing 6-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin "Vilyarreal" yarim himoyachisi Santi Kasorla uchun 300-o'yinga aylandi.
So'nggi o'yinda gol urgan 34 yoshli yarim himoyachi La Ligada 222 ta, Evropa Ligasida 46 ta, Chempionlar Ligasida 10 ta, Ispaniya kubogida 15 ta va Intertoto kubogida 7 ta uchrashuv o'tkazgan.
Uning hisobida 45 ta gol va 48 ta gollik uzatma bor.
Kasorla klub tarixidagi Bruno Soriano, Markos Senna, Mario Gaspar va Kanidan keyin 300 ta o'yin o'tkazgan beshinchi o'yinchiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204