ESPN. Messi «Xetafe»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

“Barselona” sardori Lionel Messi Ispaniya chempionatining 7-turidan o'rin olgan “Xetafe”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
32 yoshli hujumchi “Vilyarreal”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida jarohat olgan edi.
“Qizil-anorranglilar” bosh murabbiyi Ernesto Valverdening ma'lum qilishicha, Messi son mushaklarida og'riq sezgan. Shuning uchun uni almashtirishga majbur bo'lgan.
ESPN nashrining bergan ma'luotlariga ko'ra, futbolchi jarohati tufayli “Xetafe”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Chorshanba kuni Messi tibbiy ko'rikdan o'tadi va qachon safga qaytishi ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, “Xetafe” – “Barselona” o'yini 28 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233