Toshkent 1 oktyabr kuni ot sporti bo'yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

Poytaxtimiz 1 oktyabr kuni ot sporti bo'yicha yoshlar o'rtasidagi xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi. Osiyo yilqichilik va ot sport federatsiyasi bilan hamkorlikda o'tkaziladigan mazkur musobaqa ot yo'rttirish va konkur yo'nalishi bo'yicha tashkil etiladi.
Reglamentga ko'ra, turnirda 12 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar o'z tulporlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Bellashuvlar xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab boriladi. KSK “Argamak Sher” majmuasida o'tuvchi musobaqada g'olib bo'lgan ishtirokchilar kelasi yilning birinchi choragida o'tuvchi jahon miqyosidagi bosqichga yo'l olish imkoniyatini qo'lga kiritishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213