Pol Merson : "Messi sovringa haqli emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 772

Kuni kecha Leo Messi FIFA talqini bo'yicha dunyoning eng yaxshi futbolchsi deb topilganidan xabaringiz bor. Bugun Evropa matbuotida kunning eng muhim vazifasi sifatida muhokama qilingan mavzu yuzasida “Arsenal” jamoasining sobiq futbolchisi Pol Merson o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uning fikrlari bugun ko'plab g'arb internet nashrlarida chop etilgani bois, sizlar bilan o'rtoqlashishga qaror qildik.
Meni kechirasizu, nima uchun bu sovrin Messiga topshirilganiga tushuna olmadim. Messi har doim bir hil mavsum o'tkazadi. O'tgan mavzu ham bundan mustasno emas. U yangi darajaga ko'tarilgani yo'q, u jamoasini EChL g'olibligiga boshlab bormadi. Uning “Alavez” darvozasiga nechta gol kiritganining ahamiyati yo'q. Bunday sovrinlar uchun alohida hizmat ko'rsatish lozim.
Van Deyk yakunlangan mavsumda o'zgacha to'p surdi. U jamoasiga EChL g'olibligida yordam berdi, terma jamoasini “millatlar ligasi” finaliga qadar etakladi. Bundan tashqari, u chinaka etakchilik hususiyatlarini namoyish etdi.
Eng qizig'i shundaki, “Barselona” aynan EChLda g'olib chiqishni istagan edi. Hozir ular “La Liga” chempionligi ularga naqadar muhimligi haqida yolg'on gapirishmoqda.
Agarda “Barselona”da tanlash imkoni bo'lganda, ular o'ylab o'tirmasdan chempionlikni EChL g'oliblgiga almashtirgan bo'lar edi.
Aynan shu omillar tufayli ovoz berish jarayonini juda kulguli holat desam, adashmagan bo'laman. Bu huddi Tsirkka o'xshaydi.
Bilasizlarmi nega bu sovrin Messiga berildi? Sababi sovrin ilk bor 2016-yildan boshlab berila boshlangan va uning ilk egasi Krishtiyanu Ronaldu bo'lgan. Keyingi yilli ham portugaliyalik sovringa ega chiqqan edi. O'tgan mavsumda esa, Modrich hammadan ko'proq ovoz olgani hech kimning yodidan ko'tarilmagan.
FIFA sovrinni Messiga berishga majbur bo'lgani shundoqqina ko'rinib turibdi. Eng achinarlisi Virjil o'zi to'p surgan jamoalarni yangi darajaga olib chiqqan bo'lsada, sovrinni qo'lga kirita olmadi. Agar Yilning eng yaxshi murabbiyining shogirdi eng yaxshi bo'lmasa, unda Kloppga nima uchun sovrin topshirildi?!

Bosh sahifaga
387