FIFA Ronaldudan g'azabda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2576

Kecha Italiyaning Milan shahrida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
FIFA portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning tadbirga kelishini kutgan edi. Ammo marosim o'tkazilgan joydan atigi 150 km uzoqlikda yashovchi futbolchi unda ko'rinish bermadi.
Marca xabariga ko'ra, FIFA rahbariyati va xususan prezident Janni Infantino bundan darg'azab bo'ldi. Natijada, yilning ramziy terma jamoasiga kiritilgan bo'lishiga qaramay, Ronalduning ismi tadbirda tilga olinmadi.
Eslatib o'tamiz, yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga berildi.
Barcha fikrlar: 1


Battar bo'l ranaldu
25 Sentabr 2019, 17:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216