«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Sulsherni bo'shatish haqida o'ylayotgani yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 432

«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvordning so'zlarga qaraganda, klub rahbariyati vaziyatni o'nglash uchun bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherga vaqt va imkoniyat beradi. Vudvordning aytishicha, u yomon startdan so'ng norvegiyalik mutaxassisni bo'shatish niyatida emas.
"Rahbariyat va muxlislar doim muvaffaqiyatni talab qiladi. Muvaffaqiyat esa sovrinlar yutish demakdir. Bu bizning maqsadimiz. "Manchester Yunayted"ning standartlari hech qachon o'zgarmaydi. Akademiya, skautlar, mashg'ulotlar infratuzilmasiga investitsiya kiritishda katta yutuqlarga erishdik. Bular ichki oshxona kabi tashqaridan ko'rinmaydi, ammo nihoyatda muhim jihatlar hisoblanadi.
Ushbu investitsiyalar Sulsher va uning murabbiylar shtabiga bo'lgan ishonchimiz bilan birgalikda muvaffaqiyatlar uchun asos bo'ladi. Ushbu sa'y-harakatlar o'z samarasini berishiga ishonamiz. Shu bilan birga Ulening jamoani qayta shakllantirishida sabr-toqatli bo'lish nihoyatda muhimdir. Biz qisqa muddatli narsalardan ta'sirlanmasdan uzoq muddati strategiyaga e'tibor qaratishda davom etadmiz", - Vudvordning so'zlaridan iqtibos keltiradi Manchester Evening News.

Bosh sahifaga
355