Toshkent Gran-prisidan keyin dzyudochilarimizning Olimpiya reytingidagi o'rni qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

Xalqaro dzyudo federatsiyasi ortda qolgan Toshkent Gran-prisidan so'ng dzyudochilarning yangilangan Olimpiya reytingini e'lon qildi. E'tiborlisi, Gran-prida zafar quchgan Hikmatilloh To'raev (-73 kg) va Sharofiddin Boltaboev (-81 kg) reytingda sezilarli darajada o'sishga erishdi. Garchi Toshkent musobaqasini o'tkazib yuborgan bo'lsa ham Sharofiddin Lutfillaev -60 kg vaznda Olimpiya reytingini boshqarib turibdi.
-60 kg:
1(1). Sharofiddin Lutfillaev (O'zbekiston) – 3607 ochko
21(31). Diyorbek O'rozboev – 1160 ochko (yo'llanma zonasida)
45(56). Kemran Nurillaev – 597 ochko (yo'llanma zonasida emas)
-66 kg:
1. Joshiro Maruyama (Yaponiya) – 4250 ochko
16(21). Sardor Nurullaev – 1644 ochko (yo'llanma zonasida)
23(22). Shahram Ahadov – 1239 ochko (yo'llanma zonasida)
-73 kg:
1. Rustam Orujov (Ozarbayjon) – 3465 ochko
12(17). Hikmatilloh To'raev – 2076 ochko (yo'llanma zonasida)
-81 kg:
1. Sagi Muki (Isroil) – 4384 ochko
8(23). Sharofiddin Boltaboev – 1925 (yo'llanma zonasida)
-90 kg:
1. Noel van T End (Gollandiya) – 3901 ochko
61(68). Davlat Bobonov – 435 ochko (yo'llanma zonasida emas)
-100 kg:
1. Xorxe Fonseka (Portugaliya) – 3876 ochko
24(25). Muhammadkarim Xurramov – 1243 (yo'llanma zonasida)
+100 kg:
1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 4411 ochko
5(11). Bekmurod Oltiboev – 2234 ochko (yo'llanma zonasida)
41(50). Alisher Yusupov – 689 ochko (yo'llanma zonasida emas)
Ayollar:
-52 kg:
1. Natsumi Tsunoda (Yaponiya) – 2650 ochko
28(26). Diyora Keldiyorova – 991 ochko (qit'aviy kvota)
-70 kg:
1. Maria Eve Gaxe (Frantsiya) – 4090 ochko
23(30). Gulnoza Matniyazova – 1330 ochko (yo'llanma zonasida)
Eslatma!
– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib o'tilgan, jahon reytingi emas.
– Reytingda etakchi va unga eng yaqin vakillarimiz ko'rsatilgan.
– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo'llanma zonasida bo'lsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federatsiya tanlaydi.
– Olimpiada reytingini yig'ish 2020 yilning 25 may sanasida yakunlanadi.

Bosh sahifaga
235