WBO yangilangan reytingida yana bir o'zbekistonlik bokschi paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2123

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e'lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.
Unga ko'ra, yangilangan reytingdan o'ta engil (-50,80 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan o'zbekistonlik Olimjon Nazarov (19-5, 11 KO) ham ilk marta o'rin egalladi. Yangi reytingda Nazarov 14-pog'onada qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag'lubiyatga uchratib, WBO Oriental (mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi bo'lgandi.
Bundan tashqari reytingda yarim o'rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) bu oyda o'tgan oydagi o'rnini saqlab qolgan holda 11-o'rinni band etgan. Ayni vaqtda Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Super engil vazn (-63,5 kg) toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) esa o'tgan oyga nisbatan 3 pog'ona pastlab 11-o'rinni band etdi. U ilk marta o'tgan oyda WBO reytingida paydo bo'lgan va birdaniga 8-pog'onada qayd qilingandi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida to'rtinchi, IBF reytingida esa oltinchi o'rinda bormoqda.
Reytingdan o'zbekistonlik boshqa sportchilar joy olishmagan.

Bosh sahifaga
213