MOQ rahbari zamonaviy beshkurash bo'yicha terma jamoa vakillarini qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338

O'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan zamonaviy beshkurash bo'yicha terma jamoamiz vakillari bugun MOQga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan ko'zlangan maqsad Tokio Olimpiadasiga qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan yo'llanmalar, litsenziya olish uchun qanday dasturli ishlar olib borilishi zarurligini muhokama qilib olish bo'ldi.
Tashrif davomida terma jamoa murabbiyi Evdokiya Grechishnikova, sportchilar Alisa Faxrutdinova hamda Aleksandr Savkin MOQ rahbariyati bilan noyabr oyida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqaga tayryogarlik ko'rish bo'yicha suhbat o'tkazishdi. Sportchilarga zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev hamrohlik qildi. Shuningdek, suhbbat davomida ushbu sportning yurtimizdagi rivoji bo'yicha ham atroflicha fikr-mulohazalar yuritildi.

Bosh sahifaga
445