Messi — The Best-2019 sovrini g'olibi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 785

Milandagi "La Scala" teatrida FIFAning yilning yaxshilarini taqdirlash marosimi — "The Best" bo'lib o'tmoqda.
"Barselona" sardori Lionel Messi FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deya e'lon qilindi. Argentinalik futbolchi o'tgan mavsumda "ko'k-anorranglilar" safida Evropa chempionlar ligasida yarim finaligacha etib keldi, musobaqa to'purariga aylandi. Shuningdek, u kataloniyaliklar takribida Ispaniya chempionligini qo'lga kiritib, "Oltin butsa" sohibiga aylandi.
Messi ushbu sovrin uchun kurashda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deykni ortda qoldirdi. Portugaliyalik futbolchi bugungi tadbirga tashrif buyurmadi.
Eslatib o'tamiz, The Best sovrini g'olibi jahon terma jamoalarining murabbiylari, sardorlari va bir nafardan jurnalistlar ovozlari orqali aniqlanadi.



Bosh sahifaga
422