The Best. «Fair Play» sovrini egasi aniq bo'ldi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 642

Milandagi "La Scala" teatrida FIFAning yilning yaxshilarini taqdirlash marosimi — "The Best" bo'lib o'tmoqda.
"Fair Play" sovrini "Lids Yunayted" klubi bosh murabbiyi Marselo Belsaga topshirildi.
Eslatib o'tamiz, Chempionship doirasida bo'lib "Aston Villa"ga qarshi o'yinda futbolchi jarohat olib maydonda yotgan paytda "Lids" futbolchilari gol urishdi. Ushbu goldan keyin "Aston Villa" futbolchilari raqibga nisbatan keskin norozilik bildirishdi. "Lids" murabbiyi esa o'z futbolchilaridan raqibning gol urishiga va hisob tenglashishiga qarshilik qilmaslikni so'radi. Bu uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Shu tariqa, "Lids" Angliya premer-ligasiga chiqish imkoniyatni qo'ldan chiqardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
511