«Chelsi» kanadalik himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 850

Londonliklar Tomoriga 2024-yilgacha yangi shartnoma taklif qilishmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skira xabar berishicha, "Chelsi" 21 yoshli markaziy himoyachi Fikayo Tomorining xizmatlaridan qoniqmoqda.
Shu tariqa, "Chelsi" kanadalik futbolchi bilan shartnomani qayta imzolash niyatida.
Tomori va "Chelsi" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2021 yilgacha hisoblanadi va uning transfer qiymati 10 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Tomori "Chelsi" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017-2018 yillarda Tomori ijara asosida "Xall Siti" va "Derbi Kaunti" jamoalarida to'p surgan.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda Tomori "Chelsi" safida 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
487