Para-dzyudo Gran-prisining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

Xabaringiz bor, bugundan poytaxtimizdagi “Humo arena” muz saroyida para-dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasi start oldi.
Kelasi yil Yaponiya poytaxtida o'tuvchi XVI Paralimpiya o'yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqada 40 ga yaqin mamlakat vakillari g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Bugun “Humo arena”da mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda Xalqaro ko'zi ojiz sportchilar assotsiatsiyasi rahbari Jenni Xamme , Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Muxtorxon Toshxodjaev so'zga chiqib, musobaqaning ahamiyati va uning yuqori saviyada tashkil etilayotganini alohida ta'kidlab o'tishdi.
Shundan so'ng marosimning badiiy qismiga navbat berildi. Ko'rinib turibdiki, tashkilotchilar musobaqaning ochilish marosimiga ham yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rishgan. Ayniqsa, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning chiqishi muxlislar va mahalliy sportchilarga yanada zavq ulashdi.

Bosh sahifaga
430