Transer narxi tushib ketgan futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 774

Bundan bir necha kun ilgari e'tiboringizga transfer qiymati keskin ko'tarilgan futbolchilar haqida ma'lumot bergan edik. Bugun esa, kutilmaganda transfer bozorida narxi tushib ketgan futbolchilar haqida so'z boradi.
Yan Vertongen

Belgiyalik futbolchi 2012-yildan beri «Tottenhem» safida ishonchli o'yin ko'rsatib kelayotgan himoyachi o'zining unversalligi bilan ajralib turadi. U qanot himoyasida va markaziy himoyada katta naf keltiradi. Bundan tashqari, Pochetino ba'zan uni tayanch yarim himoyachisi sifatida ham maydonga tushirishi mumkin. Bundan bir mavsum ilgari 30-35 million evro atrofida baholangan Vertongenning narxi 10 million evroga arzonlab ketdi va 22 millionni tashkil etmoqda. Afsuski, keying mavsumda bu ko'rsatgich yanada pastlab ketishi mumkin. Vertonger qanchalar ishonchli bo'lmasin, yillar o'z kuchini ko'rsatmay qolmaydi.
Shkordan Mustafi
.jpg)
O'tgan mavsumda murabbiy bilan chiqisha olmgan himoyachi yangi mavsumda to'liq Zahira futbolchisiga aylanib qoldi. «Arsenal» ustozi Unay Emiri esa, aynan Mustafining o'rnini David Luiz bilan to'ldirishga qaror qildi va braziliyalik futbolchi ishonchni to'liq oqlamoqda. Bechora Mustafining transfer marketdagi narxi ham birdan pasayib ketdi. O'tgan mavsumda 30 million evroga baholangan himoyachini 15 million evroga ham hech kim qo'lga kiritishni istamayapti.
Markos Alonsa

Antonio Konte davrida o'zining eng kuchli futbollini namoyish etgan himoyachining narxi tobora tushib bormoqda. «Chelsi» futbolchisining narxi xozirda 30 million evroni tashkil etmoqda. Vaholanki, shu yilning iyun oyida ushbu ko'rsatgich 40 million atorofida edi. Bu mavsumda Alonsa maydonga tez-tez tushib turgan bo'lsada, uning o'yinlarida pasayish kuzatilmoqda.
Erik Dayer

O'z faoliyatini Portugaliyada boshlagan Daer «Tottenhem» klubiga o'tgach markaziy himoyachi rolini tayanch yarim himoyachisiga o'zgartirgan bo'lsada, bu uning o'yinlariga ta'sir o'tkazgani yo'q. Afsuski, yangi mavsumda futbolchi asosiy tarkibdagi o'rnini berib qo'ydi va hozircha birorta uchrashuvda maydonga tushganicha yo'q. Shunga qaramay uning narxi qisqa muddatda 10 millon evroga arzonlab ketdi. Hozirda transfermarket nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, Erikning qiymati 30 million va bu ko'rsatgich u maydonga tushmasa yanada kamayib ketadi.
Nabi Keyta
.jpg)
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp tomonidan strategic maqsadlar yo'lida harid qilingan futbolchi jamoaga moslashib keta olmayapti. Boz ustiga jarohatlar ham Keytani qiyin ahvolda qoldirmoqda. Transfermarket narxi xozirda Nabi Keytaning qiymatini 10 million evroga arzonlaganini e'lon qildi. Ayni daqiqada transfermarket analitiklari hisob-kitobiga ko'ra Keytaning 10 jihat sababli tez orada yana qiymati tushib ketadi.

Bosh sahifaga
309